Oltin To‘p 2025: O‘zbekistonlik jurnalist Narzulla Saydullaev kimlarga ovoz berdi?
1 min read

Oltin To‘p 2025: O‘zbekistonlik jurnalist Narzulla Saydullaev kimlarga ovoz berdi?

Rasm manbasi: Ank kumarWikimedia Commons (CC BY 4.0)

Dunyo futbolidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblangan “Oltin to‘p – 2025” (Ballon d’Or) uchun ovoz berish jarayonida O‘zbekiston ham o‘z vakiliga ega bo‘ldi. Respublikamiz nomidan taniqli sport jurnalisti Narzulla Saydullaev ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi va uning tanlovi futbol muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Saydullaevning tanlovi quyidagicha bo‘ldi:

Усмон Дембеле

Ламин Ямал

Витинья

Рафинья

Муҳаммад Салоҳ

Педри

Килиан Мбаппе

Нуно Мендеш

Коул Палмер

Виктор Гьёкереш

Ushbu ro‘yxatda Yevropa futbolining yosh yulduzlari va tajribali futbolchilari birgalikda o‘rin olgan. Ayniqsa, “Barselona” va “PSJ” futbolchilari ustunlik qilgani Saydullaevning tanlovida yaqqol seziladi.

“Oltin To‘p” uchun yakuniy natijalar tez orada e’lon qilinadi. Hozircha muxlislar turli mamlakat jurnalistlarining ovozlari qanday taqsimlangani bilan qiziqmoqda.

  • Muallif: (Izzat Irkinov) Profutbol.uz jamoasi. Bizning maqsadimiz — futbol ishqibozlariga ishonchli va tezkor yangiliklarni yetkazib berish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan