
Real Madrid – Villarreal: Prognoz to‘g‘ri chiqdi! Real 3–1 bilan g‘alaba qozondi
Bugun kechasi futbol muxlislari uchun kutilgan o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tadi — Real Madrid o‘z maydonida Villarrealni qabul qiladi.
La Liganing 9-turidan o‘rin olgan bu bahsda Carlo Ancelotti shogirdlari yana 3 ochko olish niyatida.
📅 O‘yin vaqti: 4-oktyabr, soat 00:00 (Toshkent vaqti)
🏟️ Stadion: Santiago Bernabeu (Madrid)
⚽️ Taxminiy tarkiblar:
Real Madrid: Lunin, Carvajal, Rudiger, mbappe, Valverde, Tchouameni, Bellingham, Vinicius Jr, Rodrygo.
Villarreal: Jorgensen, Foyth, Albiol, Pedraza, Capoue, Parejo, Baena, Moreno, Sorloth.
🔥 O‘yin oldidan holat:
Real Madrid so‘nggi o‘yinlarda ajoyib formada — mbappe va Vinicius Jr dueti jamoani oldinga tortmoqda.
Villarreal esa so‘nggi turlarda ochko yo‘qotgan, ammo qarshi hujumlarda xavfli o‘yin ko‘rsatmoqda.
xabi alonsa bu safar Bellinghamni markazda erkinroq rolda sinab ko‘rishi kutilmoqda. Villarreal esa himoyada zich o‘ynab, kontratakadan foyda olishni maqsad qilgan.
🔮 Prognoz va taxminiy hisob:
Mutaxassislar fikricha, Real Madrid o‘z maydonida ustunlikni boy bermaydi.
Prognoz: Real Madrid 3–1 Villarreal
⚽️ Gol mualliflari: mbappe, Vinicius, Rodrygo
🗣️ Futbol muxlislari nima deydi?
Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar o‘yin oldidan “mbappe yana qutqaradimi?” degan savol bilan chiqishmoqda.
Ko‘pchilik Real Madridning bu mavsumdagi eng muhim o‘yinlaridan biri deb hisoblamoqda.
🏁 Real Madrid 3–1 Villarreal!
Bizning prognoz to‘g‘ri chiqdi — “Qirollik klubi” La Liga peshqadami sifatida navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endi esa e’tibor keyingi turdagi o‘yinlarga qaratiladi.
- Muallif: (Izzat Irkinov) Profutbol.uz jamoasi. Bizning maqsadimiz — futbol ishqibozlariga ishonchli va tezkor yangiliklarni yetkazib berish.