TREND O'zbekiston MTJ, Yevropa Chempionlar ligasi, Transferlar
profutbol.UZ

🔥 Dahashtli tarkiblar! «Atletiko» — «Real Madrid» bahsi uchun asosiy tarkiblar elon qilindi

20.09.2026, 18:14 7 marta o'qildi
🔥 Dahashtli tarkiblar! «Atletiko» — «Real Madrid» bahsi uchun asosiy tarkiblar elon qilindi

Ispaniya La Ligasining eng kutilgan to‘qnashuvi — murosasiz Madrid derbisi boshlanishiga oz vaqt qoldi. «Metropolitano» stadionida kechadigan «Atletiko» hamda «Real Madrid» jamoalari o‘rtasidagi bahs uchun har ikki jamoaning boshlang‘ich tarkiblari rasman ma'lum qilindi.


Joze Mourinyo boshchiligidagi «Qirollik klubi» bugun o‘ta hujumkor tarkibni jangga tashlamoqda. Hujum chizig‘ida Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellingem hamda yosh yulduz Arda Gyuler dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushadi. Himoya qanotlari esa Dumfris va Kukurelyaga ishonib topshirilgan.


Diyego Simeone boshqaruvidagi «matraschilar» esa markazda jismoniy ustunlikka va tezkor qarshi hujumlarga tayanadi. Hujum markazida Jonatan Devid harakat qiladi.


Jamoalarning rasmiy tarkiblari bilan tanishing:


«Real Madrid»:

Darvozabon: Kurtua

Himoyachilar: Dumfris, Konate, Xeysen, Kukurelya

Yarimhimoyachilar: Valverde, Tchuameni

Hujumkor chiziq: Gyuler, Bellingem, Vinisius Jr

Markaziy hujumchi: Mbappe.

Bosh murabbiy: Joze Mourinyo.


«Atletiko Madrid»:

Darvozabon: Oblak

Himoyachilar: Pyubil, Romero, Gansko

Yarimhimoyachilar: Simeone, Lorente, Kardoso, Grimaldo

Hujumchilar: Li Kan In, Devid, Baena.

Bosh murabbiy: Diyego Simeone.


Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» — «Real Madrid» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.

Teglar: #Real Madrid #Atletiko Madrid #La Liga #Madrid derbisi #Mbappe #Vinisius #Mourinyo #Simeone
Do'stlaringizga ham ulashing: Telegramda ulashish