Shomurodov Saloh va Osimxen bilan poygada! Eldor Turkiya Superligasi to‘purarlari safida 4-o‘ringa chiqdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va «Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida haqiqiy sermahsullik namoyish etmoqda.
Kecha «Genchlerbirligi» darvozasiga ikkita gol urib dubl qayd etgan hamyurtimiz joriy mavsumdagi gollari sonini 6 taga yetkazib oldi. Ushbu natija orqali Shomurodov Turkiya chempionati to‘purarlari poygasida kuchli to‘rtlikka (4-o‘rin) ko‘tarildi!
Ayni damda to‘purarlar jadvalida «Trabzonspor» yulduzi Muhammad Saloh 7 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. «Galatasaroy» forvardi Viktor Osimxen hamda «Goztepe» hujumchisi Gift Orban hisobida ham Eldor kabi 6 tadan gol mavjud.
E’tiborlisi, Shomurodov to‘purarlar bahsida «Fenerbaxche» hujumchisi Dushan Vlahovich (4 ta gol) kabi nomdor yulduzlarni ham ortda qoldirmoqda.
Turkiya Superligasi to‘purarlar jadvali (Top-5):
1. Muhammad Saloh («Trabzonspor») — 7 gol
2. Viktor Osimxen («Galatasaroy») — 6 gol
3. Gift Orban («Goztepe») — 6 gol
4. Eldor Shomurodov («Bashakshehir») — 6 gol
5. Xesus Ramires («Gaziantep») — 4 gol.
Hamyurtimizga to‘purarlik poygasida omad tilaymiz!